
1- apreldan migratsiya markaziga qanday borish mumkin
Hurmatli tashrif buyuruvchilar!
1-apreldan migratsiya markaziga 55-avtobusda borishingiz mumkin.
Endi, K-4 marshrutkasi Krasniy Tekstilshik ko'chasiga qatnamaydi.
Migratsiya markazi tomoniga borayotgan avtobus bekati, Nevskiy prospektida joylashgan.
55-avtobus to'g'ri Krasniy Tekstilshikdagi oxirgi bekatga sizni olib boradi.
Migratsiya markazida (Krasniy Tekstilshik ko'chasi, 10-12, lit. «Э») Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida ishlashga mehnat patentini olish va qayta rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni tayyorlab beradi.
Дата публикации: 31.03.2022